Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasi beruvchi DSs 27.06.2017.T.10.02 raqamli ilmiy kengashning 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari) ilmiy seminari 2019 yil 13 noyabr kuni soat 15:00 da 4-zalda 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja beruvchi ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

 

KUN TARTIBIDA

  1. Gulamov Sardor Baxodirovichning 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari) “Bog‘larda past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida) mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi.
  2. Turli masalalar.